17 yoshli o‘quvchi ertalab soat 07:45 atrofida Orlando yaqinidagi maktabda sinfdan chiqish uchun o‘qituvchidan javob so‘ragan, chamasi besh daqiqa o‘tgach o‘qituvchi majlislar zalidan o‘q ovozini eshitgan, deya xabar beradi “ForumDaily”.

Foto: Depositphotos

Hodisa ro‘y bergan paytda maktab vaqtinchalik yopilgan, ammo keyin o‘quvchilarga uyga javob berilgan.

Seminol okrugi sherifi Lemma matbuot anjumanida zalda otishma vaqtida hech kim bo‘lmaganini ma’lum qilgan. O‘q ovozini eshitgan maktab hamshirasi qizga sun’iy nafas berishga harakat qilgan, lekin bu foyda bermagan.

Tergovchilar o‘quvchi qurolni qayerdan olgani va uni maktabga qanday olib kirganini aniqlashga harakat qilmoqda.

2018-yil davomida Amerika maktablarida kamida 31 ta otishma hodisasi sodir bo‘lgan.