Avstraliya fuqarosi u tomonga uchib kelayotgan nayzani uyali telefoni bilan to‘xtatib, o‘limdan qutulib qoldi, deya xabar beradi New South Wales Police Force politsiya sayti.
Hodisa 13-mart kuni Yangi Janubiy Uelsdagi Nimbin qishlog‘ida sodir bo‘lgan. 43 yoshli avstraliyalik avtomashinadan chiqib, o‘q va nayza bilan qurollangan tanishini ko‘rib qolgan. Shu vaqt u telefoni yordamida u odamni rasmga olmoqchi bo‘lgan. 39 yoshli erkak esa unga qarata o‘q uzgan, o‘q esa gadjetni teshib, erkakni jag‘iga ham ozgina tegib o‘tgan.
Keyinchalik politsiya voqea joyiga kelib, qonunbuzarni hibsga oldi. U sud oldida 15-aprel kuni javob beradi.
Izoh (0)