“O‘zbekkino” MA buyurtmasiga binoan prodyuser Zafar Yo‘ldoshev hamda rejissor Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olinayotgan “Elparvar” tarixiy filmining premyera kuni ma‘lum bo‘ldi. Bu haqda film prodyuseri Zafar Yo‘ldoshev jurnalist Feruz Muhammadga ma‘lum qildi.

Foto: “Elparvar” tarixiy filmi posteri

Filmning suratga olish ishlari Buxoro va Xiva shaharlari hamda Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan.

Foto: “Elparvar” tarixiy filmi posteri

Bosh rollarni yosh aktyor Abdug‘ofur Isaxanov hamda aktrisa Feruza Yusupovalar ijro etgan.

Foto: “Elparvar” tarixiy filmi posteri

Bundan tashqari O‘zbekiston xalq artisti Muhammad Rafikov, Shafoat Rahmatullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fotih Jalolov, Tohir Saidov, Seydulla Moldaxanov, Lola Eltoyeva, Farhod Abdullayev, aktyorlar Alisher Uzoqov, Jamshid Sagatov, Turg‘un Beknazarov, Anjelika Esimbetova, Azim Yo‘ldoshev singari aktyor va aktrisalar filmda turli rollarni ijro etishgan.

Foto: “Elparvar” tarixiy filmi posteri

Operator Rustam Murodov, ikkinchi rejissor Dilbar Yusupova, montaj rejissori Xurshid Alixo‘jayev, montaj rejissori yordamchisi Tohir Nabiyev, grafika ustasi Lazizxon G‘aniyev, kartina direktorlari Hotam Hamroyev, Qudrat Shobilolov, ovoz rejissori Konstantin Filanov, liboslar bo‘yicha rassom Nina Dobrina, bastakor Artyom Kim boshchiligidagi “Omnibus” ansambli va boshqalar.

Foto: “Elparvar” tarixiy filmi posteri

Film premyerasi 19-mart kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.