Efiopiya tergovchilari Efiopiyada halokatga uchragan Boeing-737 MAX 8 trimmeri Lion Air aviakompaniyasining Indoneziyada qulagan samolyoti bilan bir xil holatda bo‘lganini aniqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Kasparov.ru

Bunga samolyot stabilizatorining topilgan qismlari guvohlik bermoqda. The New York Times gazetasi Efiopiyadagi halokatga uchragan Boeing anomal tarzda tezlashgani haqida ma’lumotga ega bo‘lgan.

10-mart kuni ertalab Boeing-737 Max 8 samolyoti Efiopiyaning Debre-Zeyt shahri yaqinida halokatga uchragan. 157 kishi fojia qurboniga aylangan. Keyinchalik, ishlab chiqaruvchi o‘zi Boeing-737 MAX’ni ishlatishni vaqtincha to‘xtatishni tavsiya qilgan.