Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Chexiya va Chernogoriya terma jamoalariga qarshi maydonga tushishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasining rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: Getty Images

“Vest Hem” himoyachisi Deklan Rays terma jamoaga birinchi marta chaqirildi. Avvalroq FIFA Raysning Irlandiya tarkibida 3 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushganiga qaramay, Angliya termasida o‘ynashiga ruxsat bergandi.

“Tottenhem” yarim himoyachisi Harri Uinks va “Manchester Yunayted” xavbeki Jessi Lingard jarohati tufayli terma jamoaga chaqirilmadi.

Eslatib o‘tamiz, 22-mart kuni Angliya termasi Yevro—2020 musobaqasiga saralash doirasida Chexiyaga qarshi maydonga tushsa, 25-mart kuni esa Chernogoriya terma jamoasi bilan bahsga kirishadi.

Angliya terma jamoasining taxminiy tarkibi:

Darvozabonlar: Jek Batlend, Tom Xiton, Jordan Pikford

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Ben Chiluell, Maykl Kin, Harri Maguayr, Denni Rouz, Lyuk Shou, Jon Stounz, Jeyms Tarkovski, Kiran Trippiyer, Kayl Uoker, Deklan Rays.

Yarim himoyachilar: Ross Barkli, Dele Alli, Fabian Delf, Erik Dayer, Jordan Henderson, Ruben Loftus-Chik.

Hujumchilar: Harri Keyn, Markus Reshford, Jeydon Sancho, Rahim Sterling, Kallum Uilson.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!