Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev bugun, 15-mart kuni vafot etgan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi (ayni vaqtda assotsiatsiya maqomida) sobiq rahbari, senator Mirabror Usmonov haqida post qoldirdi.
Bugun O‘zbekiston sport olami eng katta yo‘qotishlardan biriga duch keldi. Futbol federatsiyani O‘zbekiston tarixida eng uzoq vaqt, 12 yil davomida boshqarib kelgan, 2013-yildan 2017-yilga qadar Milliy olimpiya qo‘mitasiga rahbarlik qilgan Mirabror Usmonov 72 yoshida olamdan o‘tdi.Usmonov davrida O‘zbekiston o‘smirlar hamda yoshlar terma jamoalari 5 marotaba jahon chempionati ishtirok etdi, bizning mamlakatimiz Osiyo chempionati musobaqasiga 5 marta mezbonlik qildi, yurtimiz sportchilari 2016-yilda Rioda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada ishtirok etib, mamlakat tarixidagi rekord darajadagi medallarni qo‘lga kiritdi (4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza).
Usmonov tufayli futbol umuman olganda sport sohasi moliyaviy tarafdan davlatdan eng ko‘p yordam oldi. Bu esa o‘z navbatida, sohaning umumiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Najitada 10 ga yaqin stadionlar qurildi va qayta rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga Usmonovning obro‘si O‘zbekiston futbol federatsiyasini mahalliy rahbarlarning aralashuvidan himoya qildi. O‘sha vaqtlarda hech qaysi hokim futbol federatsiyasiga o‘z hukmini o‘tkaza olmasdi.
Usmonov qo‘l ostida bizning sport tashkilotlarimiz jahonda misli ko‘rilmagan obro‘ga ega bo‘ldi. U sport bo‘yicha bir nechta xalqaro tashkilotlarda ko‘plab o‘rinlarga ega bo‘lganidan, hattoki mamlakatda bu joylar uchun shunchaki tajribali ko‘nikmaga ega mutaxassislar ham yetishmay qoldi, xolos.
Mirabror Zufarovich sportni boshqarish tizimini shunchalik yuksak darajaga ko‘tarishga erishdiki, endi uni bir xil holatda ushlab turish deyarli imkonsiz ishga aylandi.
2006-yilning yanvar oyidan 2011-yilning fevraliga qadar Usmonov rahbarligida ishlaganimdan xursandman. O‘shanda men OFKda ishlayotib, u bilan turli mavzularda tez-tez aloqa qilardim. Mirabror Zufarovich tashkilotning ofisiga kelib ishlagan futbol federatsiyasining birinchi prezidenti bo‘ldi, u har bir savolga aniqlik kiritar, u qat’iyatli hamda qattiqqo‘l rahbar edi, ammo kerakli vaziyatda qo‘l ostidagilarning haq ekanligini sezsa, qarorini o‘zgartirar edi.
Qizig‘i shundaki, Usmonov O‘FFga prezident bo‘lgan vaqtidan boshlab faoliyatining dastlabki 12 oyida bitta ham xodimini ishdan bo‘shatmadi. U har bir odam bilan shaxsan o‘zi uchrashishni va uning qobiliyatlarini bilishni afzal ko‘rardi.
Oxiratingiz obod bo‘lsin, Mirabror Zufarovich.
Alisher Nikimbayev, futbol mutaxassisi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!