14-mart kuni soat 02:33 da Toshkentda kuzatilgan 4 ballik zilzila chog‘ida poytaxt xalqaro aeroportiga ikki samolyot qo‘nishga hozirlik ko‘rayotgandi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” xabar bermoqda.

Foto: “Novosti Tashkentskogo Neba”

Ulardan birinchisi FlyDubai aviakompaniyasining Dubay — Toshkent yo‘nalishida parvoz qilgan Boeing 737-8KN samolyoti, ikkinchisi esa Uzbekistan airways milliy aviakompaniyasining Seul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti bo‘lgan.

Toshkent xalqaro aeroporti dispetcherlari tomonidan har ikki samolyot kutish zonasiga yo‘naltirilgan. Bu chora aeroport uchish-qo‘nish yo‘lagi samolyotlarning xavfsiz qo‘nishiga to‘sqinlik qiluvchi shikast yoki talafot yetmaganiga ishonch hosil qilish uchun qo‘llaniladi.

Bir necha daqiqalik kutishdan so‘ng ikki havo kemasi ham Toshkent aeroportiga eson-omon qo‘ndi.