Uzairways Airbus A320neo samolyotida parvozlarni amalga oshirishni boshladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Uzairways

14-mart kuni soat 13.40 da ilk reys Toshkent—Boku—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poytaxt xalqaro aeroportidan uchib ketdi.

Yangi samolyotning ilk yo‘lovchilari salonda yaratilgan sharoitlar — zamonaviy dizayn, alohida ekranga ega qulay va keng kreslolar, aloqa va Wi-fi tizimidan foydalanish imkoniyatlariga munosib baho berishlari mumkin bo‘ladi.

Foto: Uzairways

Eslatib o‘tamiz, Airbus A320neo Uzairways aviaparkiga joriy yil 11-mart kuni qo‘shildi. Ikkinchi shunday rusumdagi samolyot aprel oyida keltirilishi kutilmoqda.