“Kasperskiy laboratoriyasi” tadqiqotlari 85 foiz bolalar smartfonidan ayrila olmasligini aniqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, 85 foiz bolalar smartfonidan ayrila olmaydi. Bu ular smartfon ishlatadi degani emas, balki ular internetdagi kontentdan boshqacha tarzda foydalana olmaydi”, — deydi bolalar onlayn xavfsizligi kompaniyasi eksperti Andrey Sidenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bola qancha ulg‘aygani sari, foizdagi ko‘rsatkich ham oshib boradi.
“Bolalarning deyarli yarmi shuni tan oldiki, ular ota-onasidan ikki narsani yashiradi: birinchisi ular internetda o‘tkazadigan vaqt, ikkinchisi – ular kiradigan saytlarning kontenti va u yerda nima qilishlari”, — deydi ekspert.
Kompaniyaning ma’lumotlariga ko‘ra, har 10 boladan 9 nafari kompyuter o‘yinlarini o‘ynaydi.
Izoh (0)