Rossiyaning Stokgolmdagi elchisi Shvetsiya TIVga chaqirtirildi va undan maxsus xizmatlarga ishlashda gumon qilinayotgan rossiyalik diplomatlardan biri mamlakatni o‘z xohishi bilan tark etishi talab qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: EPA

Ma’lum bo‘lishicha, fevral oyi oxirida 47 yashar rossiyalik diplomat Stokgolmda Shvetsiya IT-kompaniyalaridan birining xodimi bilan uchrashganda qo‘lga olingan. Uning diplomat niqobi ostidagi Rossiya razvedkasi zobiti ekanligi aytilmoqda. Politsiya undan Shvetsiya hududini tark etishni so‘ragan, biroq bu amalga oshirilmagan.

Diplomat bilan birgalikda Rossiya razvedkasiga 2017-yildan beri turli ma’lumotlar berib kelganlikda gumon qilinayotgan Shvetsiya fuqarosi ham ushlangan.

Ma’lumot uchun, 2015-yilda Shvetsiya kontrrazvedkasi tahlilchilari Rossiyaning Stokgolmdagi elchixonasi xodimlarining kamidan uchlan biri josuslik bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgandi.