O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tizimi xodimlari xonadonma-xonadon yurish tamoyili asosida ham faoliyat yuritmoqda, deb yozadi O‘zA.

Foto: O‘zA

Davlat xizmatlari markazi xodimlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi “Kerayet” qishlog‘idagi xonadonlardan birida kutilmagan voqeaga duch keldi. 91 bahorni qarshilagan Rajab momoning hech qanday hujjati yo‘q ekan.

Markaz xodimlarining ko‘magi bilan 1928-yilda dunyoga kelgan Rajab Rahmatovaga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvi tiklanib, unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

Onaxonga shu asosda fuqarolik pasporti rasmiylashtirildi.