21—25-mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida “China Cup—2019” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqada mezbon jamoadan tashqari O‘zbekiston, Urugvay va Tailand terma jamoalari ham ishtirok etadi.
21-mart, payshanba kuni Xitoy yarim finalda Tailand bilan kuch sinashsa, 22-mart, juma kuni O‘zbekiston termasi esa Urugvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Yarim finalda g‘olib chiqqan jamoalar 25-mart kuni finalda o‘zaro to‘qnash keladi. Shuningdek, yarim finalda mag‘lubiyatga uchragan jamoalar ham 25-mart kuni 3-o‘rin uchun bahsga kirishadi.
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ushbu musobaqaga yo‘l oladigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Darvozabonlar: Akbar To‘rayev (OKMK), Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Javohir Ilyosov (“Lokomotiv”).
Himoyachilar: Yegor Krimets (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Dostonbek Tursunov (“Renofa Yamaguchi”), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”), Farruh Sayfiyev (“Paxtakor”), Akmal Shorahmedov (OKMK), Davron Hoshimov (“Lokomotiv”).
Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”), Otabek Shukurov (“Sharja”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”), Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”), Javohir Siddiqov (“Paxtakor”), Ikrom Aliboyev (“Seul”).
Hujumchilar: Marat Bikmayev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduholiqov (“Lokomotiv”), Eldor Shomurodov (“Rostov”).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)