AQShda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 13-mart kuni O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana 5 ta medal qo‘shildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.
Qizlar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida Tursunoy Jabborova 3 ta medalni qo‘lga kiritdi.
U dast ko‘tarish mashqida 96 kg natijani qayd etdi va qozog‘istonlik raqibasi Olga Pastuxovani 4 kg farq bilan ortda qoldirib, oltin medal bilan taqdirlandi.
Tursunoy siltab ko‘tarishda 118 kg natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Pastuxova 123 kg bilan ushbu mashqda va ikkikurashda g‘oliblikni tortib oldi.
96 kilogrammgacha vazn toifasidagi yigitlar bahsida Mirhosil Mirzaboyev uchta medalga sazovor bo‘ldi.
Dast ko‘tarishda uch urinishni muvaffaqiyatli bajargan sportchi 143 kg natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Siltab ko‘tarishda Mirhosil 168 kg toshni ko‘tardi va 4-o‘rin bilan kifoyalandi.
Ikki mashq yakuniga ko‘ra Mirzaboyev 311 kg natija bilan katta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘smirlar o‘rtasida JCh. Las-Vegas, AQSh
Qizlar (- 81 kg)
Olga Pastuxova (Qozog‘iston) — 215 kg
Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) — 214 kg
Motoka Nakajima (Yaponiya) — 195 kg
Yigitlar (- 96kg)
Rohat Bekpo‘lat (Qozog‘iston) — 323 kg
Onur Demirchi (Turkiya) — 315 kg
Mirhosil Mirzaboyev (O‘zbekiston) — 311 kg
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)