11-mart kuni Odessaning Arkadiy qirg‘og‘ida shamol uch yoshli bola bo‘lgan kolyaskani dengizga uchirib yuborgan, deya xabar beradi “Liga Novosti”.
Favqulodda vaziyatlar xizmati voqea sodir bo‘lganligini tasdiqlagan, jabrlanganlar o‘tkinchi tomonidan qutqarilgan, qutqaruvchilarni jalb qilishga hojat bo‘lmagan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yarim daqiqa o‘tgach ayol pirsga ko‘tarilgan, uning ketidan bir necha soniya o‘tgach bola olib chiqilgan. Ikkisi ham tirik va hushida bo‘lgan. So‘ng ularni qutqargan odam ham quruqlikka chiqqan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, shamol shu qadar kuchli bo‘lganki, bola bo‘lgan kolyaskani suvga uchirib yuborgan. Agar o‘tkinchi darhol suvga o‘zini tashlamaganida ular cho‘kib ketardi.
Ona va bolani qutqargan erkakning ismi noma’lum.
Kolyaska dengizda qolib ketganini video yozuvda ko‘rish mumkin.
https://www.facebook.com/vasiliy.busharov/videos/2186980358051465/