Buxoro viloyati Qorovulbozor tuman ichki ishlar organlari probatsiya guruhi taqdimnomasiga asosan, Qorovulbozor tuman Jinoyat ishlari buyicha sudi tomonidan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxs muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, bir nafar ozodlikni cheklashga hukm qilingan o‘ta xavfli retsidivist sud cheklovlarini buzgani uchun ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Qorovulbozor tuman ichki ishlar organlari probatsiya xizmati ma‘lum qildi.

Foto: “Today.kz”

Qorovulbozor tumanida yashovchi 1977-yilda tug‘ilgan S.R. sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlarini og‘ishmay bajarib, mehnatga halol munosabatda bo‘lib, mahalla jamoatchilik ishlariga faol qatnashib, o‘zining jamiyatga qayta tarbiyalanganligini, sodir etgan jinoyatidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirganligi uchun unga nisbatan insonparvarlik dalolatnomasi qo‘llanildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorovulbozor tuman jinoyat ishlari buyicha sudining 2019-yil 21-fevral kuni Sh.Ch.Quvvatov raisligida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Qorovulbozor tumanida yashovchi 1977-yilda tug‘ilgan S.R.ning axloq tuzatish ishlari jazosi muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Shuningdek, Qorovulbozor tumanida yashovchi 1958-yilda tug‘ilgan o‘ta xavfli retsidivist Ye.D.ga ozodlikni cheklash jazosiga qo‘llanilgan edi.

Sud qarori bilan mahkumga kech soat 18:00 dan ertalab 7:00 gacha yashash uyidan chiqmaslik, spirtli ichimlik iste’mol qilmaslik hamda bir qator qo‘shimcha cheklovlar yuklatilgan edi. Shunga qaramasdan, Ye.D.ning yashash manzili Qorovulbozor tuman ichki ishlar organlari probatsiya xizmati xodimlari tomonidan tungi vaqtda tekshirilganda, u o‘z uyini tark etgani, spirtli ichimliklar iste’mol qilganligi aniqlangan. Ogohlantirilishiga qaramasdan, bu holat yana ikki-uch marta takrorlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Qorovulbozor tuman sudining 2019-yil 2-mart kuni Sh.Ch.Quvvatov raisligida bo‘lib o‘tgan sud majlisida mahkum Ye.D.ga belgilangan ozodlikni cheklash jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.