Yil oxirigacha Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rta va qisqa masofali raketalarni tugatish to‘g‘risidagi shartnomada taqiqlangan ikki turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazishi mumkin, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Gap taxminan 1000 kilometr masofaga parvoz qiladigan qanotli raketa haqida bormoqda. Uning sinovi avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Agar ular muvaffaqiyatli o‘tsa, raketa taxminan 18 oy ichida joylashtirilishi mumkin.
Noyabr oyida Qo‘shma Shtatlar 3000 dan 4000 kilometrgacha o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketani sinovdan o‘tkazishni kutmoqda. Uning joylashishi besh yildan ortiq vaqtni talab qilmaydi. Pentagon vakillaridan biri ushbu raketa Xitoy va Rossiya uchun potensial xavf tug‘dirishi uchun AQShning Osiyo harbiy bazasi Guamga joylashtirilishi mumkinligini tushuntirgan. Rejalashtirilgan raketalarning hech biri yadroviy zaryad bilan qurollanmaydi.
Izoh (0)