AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati hali hamon Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va unga sodiq bo‘lgan shaxslarga qarshi har qanday usuldan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar beradi “TASS”.
AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo bu haqda Xyustondagi CERAWeyek konferensiyasida ma’lum qilgan.
“Qo‘shma Shtatlar prezidentining ta’kidlashicha, Venesuela xalqini ular munosib bo‘lgan demokratiya bilan ta’minlashga qaratilgan barcha yo‘llar ko‘rib chiqilmoqda. Shunda Venesuelaliklarning yana o‘z boyliklariga ega bo‘la oladigan yangi iqtisodiyotini quramiz”, —deydi Pompeo.
“Hozirda 50 mamlakat Maduroni noqonuniy deya tan olmoqda. Uning ketish vaqti keldi”, — deydi davlat kotibi.
Izoh (0)