Samara viloyatida hujumni rejalashtirayotgan jangari yo‘q qilingan, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha milliy qo‘mita bergan ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus operatsiya Bezenchuk tumanidagi Yekaterinovka qishlog‘ida o‘tgan.
Xususiy uylardan birida bo‘lgan terrorchiga qurollarni topshirib, taslim bo‘lish taklif qilingan. Bunga javoban u xavfsizlik kuchlariga qarata o‘t ochib, granata otgan. Shundan so‘ng bosqinchi o‘ldirilgan.
Shaxsi aniqlangan erkak xalqaro terroristik tashkilotlardan birining tarafdori bo‘lgan. U odamlar to‘planadigan joyda portlash uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan.
Uydan qurol, o‘q-dorilar va foydalanishga tayyor bo‘lgan portlovchi qurilmalar topilgan. Xavfsizlik kuchlari terrorchining ehtimoliy hamkorlarini qidirmoqda.
Izoh (0)