Kaktakto Markaziy Osiyo prezidentlari yoshlikda kim bo‘lgani haqida ma’lumot berdi.

Gurbanguli Berdimuhamedov

Foto: Kaktakto

Buyuk Arkadag (Turkmaniston prezidenti rasman shunday ataladi) 1957-yilda Ashxobod tumanining Baparap qishlog‘ida tug‘ilgan.

1979-yilda Turkmaniston davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakultetini tamomlagan. Keyin esa aspiranturada o‘qigan. U tibbiyot fanlari doktori, “ijtimoiy gigiyena va sog‘liqni saqlash” mutaxassisligi bo‘yicha professor.

Mehnat faoliyatini 1980-yilda stomatolog-vrach sifatida boshlagan. 1980-yildan 1982-yilgacha Ashxobod tumani Erriqal’a qishlog‘idagi ambulatoriyada stomatolog bo‘lib ishlagan. 1982-yildan 1985-yilgacha Ashxobod tumanining bosh stomatologi bo‘lib ishlagan.

1985-yildan 1987-yilgacha Ashxobod tumani Keshi qishloq xo‘jaligi tuman markaziy kasalxonasining stomatologiya bo‘limi boshlig‘i va Ashxobod viloyati bosh stomatologi sifatida faoliyat yuritgan.

1990—1995 yy. — Turkmaniston davlat tibbiyot instituti terapevtik stomatologiya kafedrasi assistenti, stomatologiya fakulteti dekani, dotsent.

1995—1997 yy. — Turkmaniston sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligining stomatologiya markazi direktori.

1997-yildan — Turkmaniston sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati vaziri.

2001-yildan — Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari.

2007-yil 11-fevralda Turkmanistonning ikkinchi prezidenti etib saylangan.

Sooronbay Jeenbekov

Foto: Kaktakto

Qirg‘iziston prezidenti 1958-yilda Kara-Kulja qishlog‘ida tug‘ilgan. 18 yoshidan boshlab O‘sh viloyati O‘zgan tumanidagi Lenin nomli maktabda rus tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

1983-yilda “Sovet” sovxozining bosh zootexnigi bo‘lgan va bu lavozimda besh yil ishlagan.

80-yillarning oxirida Jeenbekov Kompartiya tuman komitetiga instruktor bo‘lib ishga kirgan. Ikki yil ichida u instruktordan partkom direktori lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

1993-yilda Sooronbay Shapripovich Osh viloyatidagi kolxoz raisi etib saylangan. 1995-yilda qirg‘iz parlamenti birinchi chaqirig‘i deputatiga aylangan.

1996-yilda u qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha komitet raisi etib saylangan. Keyin Jeenbekov rahbarligi ostidagi ishchi guruh Qirg‘iziston Yer kodeksini ishlab chiqqan.

2000-yil u parlamentda vitse-spiker, 2008-yilda Qirg‘iziston qishloq, suv va ishlab chiqaruvchi sanoat vaziri bo‘lgan. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendumdan keyin Jeenbekov iste’foga chiqqan.

2010-yilgi aprel inqilobidan keyin Jeenbekov gubernator vazifasini bajaruvchi, keyin esa Osh viloyati gubernatori bo‘lgan.

2012-yil 16-avgustda Jeenbekov Osh viloyati hokimligining vakolatli vakili etib tayinlangan. U yerda uch yil ishlagan.

2015-yil Jeenbekov davlat kadrlar xizmati rahbariga aylangan. Bir yil o‘tgach, prezident administratsiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan. 2016-yil bosh vazir etib tayinlangan.

2017-yil Qirg‘iziston prezidenti etib saylangan.

Shavkat Mirziyoyev

Foto: Kaktakto

O‘zbekiston Prezidenti 1957-yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Maktabni tamomlagach, Shavkat Miromonovich Toshkentga kelgan va Irrigatsiya va melioratsiya institutiga kirgan.

Institutni bitirib, Mirziyoyev kafedrada kichik ilmiy xodim bo‘lgan. Keyinchalik birinchi prorektor lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

1990-yil Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Oliy Sovetining deputati etib saylangan. 1994-yil yangi parlament deputati bo‘lgan.

1992-yil Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi, 1996-yil Jizzax viloyati hokimi etib tayinlangan. 1999-yilda uning nomzodi Jizzax viloyatidan parlament deputatligiga ko‘rsatilgan. Mirziyoyev mandatni 2004-yilgacha saqlagan.

2002-yil Samarqand viloyati hokimi, 2003-yil dekabrda esa bosh vazir etib tayinlangan.

2016-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Prezidenti etib saylangan.

Nursulton Nazarboyev

Foto: Kaktakto

Siyosiy arbob Nursulton Nazarboyev 1940-yilda tug‘ilgan. Bolaligi urush va urushdan keyingi og‘ir vaqtlarga to‘g‘ri kelgan. Barcha qiyinchiliklarga qaramasdan bo‘lajak prezident a’lo baholarga o‘qigan, uning attestatida bir donagina to‘rt baho bor.

Yetti yillik ta’limni tugatgach, Nursulton Temirtovdagi yangi metallurgiya kombinati qurilishiga ketgan. U yerdan 1960-yil Dneprozerjinskdagi 22-sonli kasb-hunar bilim yurtiga o‘qishga yuborilgan. 1967-yil Qarog‘and metallurgiya kombinati qoshidagi texnika universitetini tamomlagan.

1965-yil Qarog‘and metallurgiya kombinatiga ishga kelgan va 1969-yilgacha dispetcher, gazchi va domen sexning katta gazchisi lavozimlarida ishlagan.

1969-yildan Nazarboyevning partiyadagi faoliyati boshlangan.

1973—1978 — Qarog‘and metallurgiya kombinati partkomining kotibi.

1978—1979 — Qarog‘and viloyat partiyasi kotibi, ikkinchi kotibi.

1979—1984 — Qozog‘iston Kompartiyasi markaziy komiteti kotibi.

1984—1989 — Qozog‘iston SSR vazirlar kengashi raisi.

1989—1991 — Qozog‘iston Kompartiyasi markaziy komiteti birinchi kotibi.

1990-yil 14-iyuldan 1991-yil 23-avgustgacha — KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy byurosi a’zosi. KPSS Markaziy nazorat komissiyasining a’zosi (1981-1986). KPSS Markaziy Komitetining a’zosi (1986-1991).

1989-yildan 1992-yil yanvargacha SSSR xalq deputati.

1990-yil fevraldan aprelgacha — Qozog‘iston SSR Oliy Kengashi raisi.

1991-yil 1-dekabrda 98,7% ovoz bilan mustaqil Qozog‘iston prezidenti etib saylangan.

Emomali Rahmon

Foto: Kaktakto

Emomali Sharipovich Rahmonov 1952-yil 5-oktabrda Tojikiston SSR Ko‘lob viloyati Dang‘ara qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan.

1969-yil Kalininoboddagi 40-sonli kasb-hunar bilim yurtini elektr ustasi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Texnikumni bitirgach, Qo‘rg‘on-Tuba shahridagi yog‘ zavodda ishlashni boshlagan.

1971-yildan 1974-yilgacha Emomali Rahmon Tinch okeani flotida xizmat qilgan.

Demobilizatsiyadan so‘ng, Dang‘ara tumani Lenin nomidagi sovxozda ishlagan.

1982-yil Tojikiston davlat universiteti iqtisod fakultetida sirtqi ta’limni tamomlagan.

1987-yildan 1992-yilgacha bo‘lajak prezident Dang‘ara tumani Lenin nomidagi sovxoz direktori bo‘lgan.

1990-yil Rahmon Tojikiston Respublikasi Oliy Sovetining XII chaqirig‘ida xalq deputati etib saylangan.

1992-yil Ko‘lob viloyati xalq deputatlari ijro komitetining raisi etib saylangan. Keyin esa Tojikiston Respublikasi Oliy Sovetining raisi bo‘lgan.

1994-yil 59% umumxalq ovoz bilan Emomali Rahmon Tojikiston prezidenti etib saylangan.