Internet yaratuvchisi Tim Berners-Li jahon tarmog‘ining 30 yilligiga bag‘ishlangan maqolasida global tarmoq uchun asosiy tahdidlarni qayd etdi. Bu haqda nodavlat tashkiloti World Wide Web Foundation xabar berdi.
Kashfiyotchining fikriga ko‘ra, tarmoq “ijtimoiy platforma, kutubxona, shifokor, do‘kon, maktab, dizayn studiyasi, ofis, kino, bank” va boshqa ko‘plab narsalarga aylangan, ammo muntazam internetdan foydalanish “tarmoq haqiqatan ham yaxshi” ekaniga shubha uyg‘otadi.
Berners-Li kelgusi 30 yil ichida Internet yaxshi tomonga o‘zgarishiga ishonmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, global tarmoqni tartibga solib, salbiy o‘zgarishlarning oldini olish mumkin. Uning aytishicha, asosiy tahdid — davlatlar tomonidan homiylik qilingan, internetda zo‘ravonlik, bosim o‘tkazishni rag‘batlantiruvchi platformalar, noto‘g‘ri ma’lumot tarqatish va onlayn muloqot madaniyatining pasayishi hisoblanadi.
Internet ixtirochisi ushbu tahdidlarni kamaytiradigan qonunlar va tizimlarni yaratish zarurligini aytgan. Berners-Li, shuningdek, ommabop platformalar internetni targ‘ib qilishi sababli klikbeyt blogerlari uchun imtiyozlarni o‘zgartirish zarurligiga e’tibor qaratgan.
“Bu yerda faqat bitta davlatni, ijtimoiy tarmoqni yoki inson qalbini ayblab bo‘lmaydi. Soddalashtirilgan tushuntirishlar, ularning asosiy sabablarini e’tiborga olish o‘rniga, bu muammolarning alomatlarini yig‘ib, quvvatimizni yo‘qotish xavfini tug‘diradi. Buni to‘g‘ri bajarish uchun biz butunjahon veb-birlashmasiga qo‘shilishimiz kerak”, — deya ta’kidlaydi tarmoq ixtirochisi.
U hukumatlarni raqamli davrga qonunlarni moslashtirishga, biroq ayni paytda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini Internetda ochiqligi va himoya qilinishini kafolatlashga chaqirgan.
Izoh (0)