O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat budjeti hisobidan dunyodagi nufuzli “General Electric” kompaniyasining eng zamonaviy 200 ta ultratovush tekshiruvi apparatlarni xarid qildi, deya xabar beradi “Daryo”ga vazirlik Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
“Barcha tuman va shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining prenatal tashxis xonalari yuqori texnologik imkoniyatga ega bo‘lgan ushbu apparatlar bilan jihozlandi. Natijada, ilgari homilador ayollar poytaxt yoki viloyat markazlariga sarson bo‘lib, kelib-ketishgan bo‘lsa, hozirda bunga hojat qolmadi”, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov.
Bundan tashqari, avvallari homilador ayollar ultratovush tekshiruvi bilan 40-50 foiz qamrab olingan bo‘lsa, ayni paytda har yili o‘rtacha 700 ming nafar homilardor ayol yuz foiz skrining tekshiruvi bilan qamrab olinadi.
Buning natijasida 14 haftagacha bo‘lgan muddatdagi homila o‘sishida tug‘ma nuqsonlarni barvaqt aniqlash, o‘limga olib boradigan nuqsonlarga ega bolalar tug‘ilishining to‘liq oldini olish imkoni paydo bo‘ldi.
Izoh (0)