Ikki vazn toifasida UFC’ning sobiq chempioni Konor Makgregor garov puli evaziga ozod etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Irlandiyalik jangchi 4 soat vaqtini Mayami-Deyd qamoqxonasida o‘tkazdi.
Sportchi 12 500 dollar miqdoridagi garov puli evaziga qo‘yib yuborildi.
Xabar berilishicha, Makgregor 11-mart kuni hibsga olingan. U ertalab soat beshlarda mehmonxonaga yaqin bo‘lgan joyda o‘zini suratga olayotgan muxlisining telefonini sindirib tashlagan.
Jabrlanuvchi angliyalik Ahmad Abdurazzoq. U o‘z telefonini 1000 dollarga baholamoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)