Yunoniston fuqarosi Antonios Mavropoulos 10-mart kuni Addis-Abebadan Nayrobiga parvoz qilgan Ethiopian Airlines samolyoti parvoziga ikki daqiqaga kechikkanligi sababli tirik qoldi, deya xabar beradi “Izvestiye”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u yukini topshirmagani uchun ekipaj uni kutmagan.
“Men odamlar samolyotga o‘tirayotganini ko‘rdim. O‘sha onda menga ruxsat bermaganliklari uchun juda g‘azablandim”, — deydi Mavrikos Mavropulos.
U ushbu kechikish uning hayotida eng muvaffaqiyatli ekanini qayd etdi, ammo samolyot qulagandan so‘ng u politsiyada shubha uyg‘otgan.
“Men samolyotga o‘tirmagan yagona odam bo‘ldim, ammo men bilan halokat o‘rtasida mantiqiy aloqa yo‘q, sababi yukim men bilan qolgan. Shuning uchun politsiya meni uzoq so‘roq qilmadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Boeing 737-800MAX samolyotida 157 kishi bo‘lgan, jumladan, ekipaj a’zolari, 19 nafar BMT xodimlari va 35 nafar turli mamlakat fuqarolari bo‘lgan. Hozircha halokat sabablari noma’lum.
Izoh (0)