Bugatti kompaniyasi 110 yillik yubileyi sharafiga eski avtomashinalarni xotirlab, u asosida yangi Baby II elektrmobilini yaratishga qaror qildi, deya xabar beradi “Hi-tech.mail.ru”.

Foto: newsroom.bugatti

Elektr avtomobil eski poyga mashinasiga o‘xshaydi, biroq bir necha marta kichikroq. Avtomobilning korpusi 3D printerda chiqarilgan, uning ichida esa elektr dvigatel mavjud. Unga kichkina bola yoki bo‘yi past bo‘lgan katta odam kirishi mumkin.

Avtomobil tizimida ikkita haydash tartibi mavjud — bolalar uchun 20 kilometr/soat tezlik, kattalar uchun esa 45 kilometr/soatgacha bo‘lgan tezlik.

Avtomobilda qo‘shimcha Speed Key bo‘lib, u barcha cheklovlarni olib tashlab, dvigatel kuchini ikki barobarga oshirish imkonini beradi.

Bolalar Bugatti avtomobilini ishlab chiqarish 2019-yilning kuz oylarida boshlanadi. Bor-yo‘g‘i 500 dona avtomobil ishlab chiqariladi.

Narxi 33 ming dollarga baholangan.

Foto: newsroom.bugatti

Foto: newsroom.bugatti

Foto: newsroom.bugatti

Foto: newsroom.bugatti

Foto: newsroom.bugatti

Foto: newsroom.bugatti

Foto: newsroom.bugatti

Foto: newsroom.bugatti

Foto: newsroom.bugatti

Foto: newsroom.bugatti

Foto: newsroom.bugatti