Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatning iqtisodiy blokada ostida ekanini ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
U Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirining yordamchisi Chen Syaodun bilan uchrashuv chog‘ida shunday bayonot bergan.
Asadning so‘zlariga ko‘ra, Suriyaga qarshi urush yangi bosqichga o‘tgan — ularning asosi blokadalar va iqtisodiy urushlardir.
U shuningdek Suriyada terrorizmga qarshi urush bu xalqaro maydondagi keng ko‘lamli urushning bir qismi ekanligi, vaholanki terrorizmni ma’lum bir geografik mintaqa bilan chegaralab bo‘lmasligini qayd etgan.
Izoh (0)