Interpol tomonidan 18 yildan beri qidiruvda bo‘lgan killerni Moskva politsiyasi qo‘lga tushirdi. Bu haqda Rossiya IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, killer Rossiyaning Ichki ishlar vazirligining Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan hibsga olingan.
2000-yillarning boshida mahbus barqaror qurolli guruh tuzgan, uning a’zolarini boshqarib, og‘ir jinoyatlarni sodir etish rejalarini ishlab chiqqan.
Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlari 2001-yil avgust oyida uni o‘z biznes sherigini o‘ldirganlikda ayblagan. Shundan so‘ng Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan. Moskvada hibsga olinganidan keyin qotil Qozog‘istonga ekstraditsiya qilingan.
Izoh (0)