2019-yilning ikki oyida bolalar ishtirokida 17 ta yo‘l transporti hodisasi sodir etilgan bo‘lib, unda 17 nafar bola jarohat olgan. Toshkent shahar IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili 2 oy ichida bolalar ishtirokidagi yo‘l transporti hodisasi ko‘proqni tashkil etgan.
2018-yilning ilk ikki oyida bolalar ishtirokida 23 ta YTH sodir etilgan va unda 1 nafar bola vafot etgan va 17 nafari turli ko‘rinishda jarohat olgan.
Toshkent shahar IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi haydovchilarni yo‘lda hushyor bo‘lish va yo‘l qoidalariga rioya etishga chaqiradi.
Izoh (0)