Tojikistonning Tog‘li Badaxshon viloyati Shugnan tumanida yashovchi ikki ayolga bo‘rilar hujum qildi. Ayollar olgan jarohatlari sababli halok bo‘ldi, deb yozadi Sputnik.
Fojia 7-mart kuni, 83 yoshli ayol va uning 55 yoshli qizi uyining hovlisiga chiqqan vaqtda yuz bergan. Olgan jarohatlari oqibatida ular voqea joyida halok bo‘lgan.
Yirtqichlar ochlik sababli ayollarga hujum qilganligi taxmin qilinmoqda. Ular uy hayvonlarini qidirib tog‘dan tushgan, biroq odamlarga duch kelgan.
Izoh (0)