Venesuelada 23 ta shtatning 10 tasiga ta’sir qilgan ulkan elektr tarmog‘i uzilishi yuz berdi, deya xabar beradi “Meduza”.
Chiroq Karakas poytaxtida ham o‘chgan, jumladan, metro va aeroportlarda ham chiroq bo‘lmagan.
Elektr energiya vaziri Luis Motta Dominges ushbu voqeani sabotaj va “hukumat va xalqqa hujum” deb atagan. Luis Motta hujumchilar mamlakatni 70 foizini chiroq bilan ta’minlaydigan gidroelektr stansiyasiga hujum qilgani va bir necha soat ichida elektr energiyasini qayta tiklanishini va’da bergan.
Prezident Nikolas Maduro buning ortida AQSh tomonidan “elektr urushi” mavjudligini aytgan.
Izoh (0)