Adliya vazirligining “Inson va qonun” jurnalining navbatdagi sonida chop etilgan maqolada poytaxt OTMlarida diplom ishlarini yozishning taxminiy narxlari keltirilgan.
Maqolada ta’kidlanishicha, bitiruvchilarning diplom yozdirish narxlari diplom ishi mavzusi va oliy yurtining nufuziga qarab turlicha belgilanadi. Jumladan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun diplom yozish 200 AQSh dollari, Toshkent davlat yuridik universiteti — 500—800 AQSh dollari, Toshkent moliya instituti — 500 AQSh dollari, Toshkent axborot texnologiyalari 200—400 AQSh dollari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti — 100—200 AQSh dollarigacha ekan.
Shuningdek, o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, diplom ishlarining mualliflari ham aslida yangi narsa yozmasdan, arxivdan eski diplom ishlarini olib, u-bu joyiga o‘zgartirish kiritib, egalariga pullaydi.
Izoh (0)