O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, bu haqda O‘zA xabar berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi “Akfa Dream World” mas’uliyati cheklangan jamiyati kran mashinisti Nargiza Arslanova “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Ayni damda Nargiza Arslanova Tashkent City qurilishida eng baland kranni boshqaradi.
Farmonga muvofiq qishloq xo‘jaligi, sanoat, tadbirkorlik, fan-texnika, innovatsiya, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va boshqa sohalarda alohida tashabbus ko‘rsatib, samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan.
Izoh (0)