Fransiya Milliy Birlik partiyasi yetakchisi, Milliy Assambleyasi deputati Marin Le Pen Rossiyaga qarshi sanksiyalar Yevropa iqtisodiyoti uchun fojiali oqibatlar keltirib chiqarganini va endi Buyuk Britaniyaga tegishli xatoni takrorlashi mumkinligini eslatdi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Yevropa YeI manfaatlarini himoya qilmaydi, sababi mazkur vaziyatda britaniyaliklarni emas Yevropa Ittifoqini yomon oqibatlar kutayotgan bo‘lishi mumkin. Rossiyaga qarshi sanksiyalarni eslang. Biz rossiyaliklari jazolamoqchi edik, vaholanki, YeIning bir qator iqtisodiy sektorlarida ayanchli oqibatlar yuzaga keldi”, — dedi parlament.
U ilgari ham Yevropa Ittifoqi Brexit’ni “imkon qadar og‘riqli qilish” o‘ziga zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidlagan.
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini 29-martda tark etishi kerak, ammo hozirga qadar “ajralish” to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilinmagan va ingliz parlament a’zolarining yetarlicha qo‘llab-quvvatlashiga erishmagan.
Yevropa Ittifoqi ushbu shartnoma loyihasini qayta ko‘rib chiqishni rad etadi. Bu holda, Brexit sanasini kechiktirilish ehtimoli mavjud.
Izoh (0)