O‘zbekiston Rossiyaga qayta ishlangan go‘sht va sut mahsulotlari importiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni taklif qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
Bu haqda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev va Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Sergey Levin ishtirokida bo‘lib o‘tgan hamkorlik bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhning ikkinchi yig‘ilishida ma’lum bo‘ldi.
Rossiya Federatsiyasida qayta ishlangan go‘sht va sut mahsulotlari importiga karantin taqiqlari 2003-yildan beri 16 yil davomida amal qilmoqda.
Sergey Levin Rossiya tomonining ushbu masalani ko‘rib chiqishga ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi va O‘zbekiston Davlat veterinariya xizmati O‘zbekistonning epidemiologik vaziyat haqida yana bir marta ma’lumot yuborishini va agar zarur bo‘lsa, oyoq-og‘il kasalligiga qarshi birgalikdagi dasturni ishlab chiqishni taklif qildi.
Izoh (0)