Ba’zi shaharlarda 1 yevro evaziga ham uy olsa bo‘ladi, ba’zilarida esa tekinga ham. Sababi — aholisi kamayib borayotgan shaharlar butunlay tashlandiq joyga aylanib qolishining oldini olish. AdMe ana shunday shaharlar haqida ma’lumot berdi.

Kandela, Italiya

Agar 1 yevro evaziga uy olishga shubha qilsangiz, shuni bilingki, Kandelaga ko‘chib o‘tishingiz uchun hukumat rasmiylari 2 ming yevro ham to‘laydi.

Foto: © shotz_of_puglia / instagram

Buffalo, AQSh

Bu yerdan esa 1 dollar evaziga uy olsa bo‘ladi.

Foto: © LeonidAndronov / Eastnews

Okutama, Yaponiya

Faqat bu yerdan uy olish uchun 43 yoshdan oshmagan bo‘lish kerak. Yana bu yerda eng kamida 22 yil yashash ham majburiy.

Foto: © hijin1222 / Instagram

Sambuka, Italiya

1 yevro evaziga uy sotiladi.

Foto: © raywhitevalentinopetrucci / instagram

Rube, Fransiya

1 yevro evaziga uy sotib olib, eng kamida 5 yil yashash kerak.

Foto: © roubaix.fr / instagram

Detroyt, AQSh

Ishsizlik, inqiroz va jinoyat avj olgan shaharga odamlarni jalb qilish uchun uylar arzonga berib yuborilmoqda.

Foto: © pixabay

Liverpul, Buyuk Britaniya

1 funt sterling evaziga sotiladigan uyni olish uchun siz undan oldin ham Liverpulda yashayotgan bo‘lishingiz kerak.

Foto: © pixabay

Tokio, Yaponiya

Uylar hatto bepul ham beriladi, ammo yaponlarga kerak emas. Turli irim-sirimlar sabab, avval baxtsizlik bo‘lgan uyni yaponlar tekinga ham olmaydi.

Foto: © pixabay