Britaniyalik shifokorlar OIV bilan kasallangan bemorga suyak iligi ko‘chirib o‘tkazganidan so‘ng kasallik yo‘qolganini aniqladi, deya xabar beradi “ForumDaily”.

Foto: Depositphotos

Shaxsini oshkor qilishni istamayotgan erkak 2003-yilda OIV bilan kasallangan bo‘lib, 2012-yilda unda qon kasalligining bir turi — Xojkin limfomasi aniqlangan. 2016-yilda saraton kasalligini davolash uchun shifokorlar, donordan OIVga chidamli CCR5 noyob genetik mutatsiyasiga ega suyak iligi ildiz hujayralarini ko‘chirib o‘tkazishga qaror qilgan.

Transplantatsiyadan uch yil, antiretrovirus dori-darmonlarni qo‘llash to‘xtatilgandan bir yarim yil o‘tgach bemorning testlari uning organizmida OIV yo‘qligini ko‘rsatdi. Ammo, shifokorlardan biri, professor, OIV bo‘yicha mutaxassis Ravindra Gupta, butunlay tiklanish haqida gapirish uchun juda erta ekanligini aytmoqda.

Ko‘pchilik mutaxassislarning qayd etishicha, bu usul barcha bemorlar uchun emas. Transplantatsiya jarayoni qimmat va xavfli bo‘lib, bunday mutatsiya judayam kam odamlarda bo‘ladi.

OIVdan davolangan birinchi odam Timoti Braundir. Germaniyada unga ham huddi shunday CCR5 mutatsiyasiga ega hujayralar ko‘chirib o‘tkazilgan. Braun Berlinlik bemor sifatida tanilgan. Britaniyalik erkakni esa The Guardian Londonlik bemor deb atamoqda.