Qozog‘istonning KazakhExport davlat eksport sug‘urta agentligi O‘zbekistonda vakolatxonasini ochmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.
KazakhExport ofisining ochilishi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi hamda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishi oldidan 14-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
KazakhExport iqtisodiyotning ustuvor sohalarida noxomashyo tovarlar, ishlar va xizmatlar eksporti o‘sishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Qozog‘iston korxonalarini moliyaviy-sug‘urta va moliyaviy bo‘lmagan qo‘llab-quvvatlash amaliyotini shakllantirish bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)