Jaguar I-Pace elektr krossoveri Car of the Year 2019 mukofotini qo‘lga kiritdi, deya xabar beradi “Euronews”.

Foto:  Euronews

Jaguar I-Pace Jeneva avtomobil ko‘rgazmasining boshlanishidan ikki kun oldin nufuzli mukofotga sazovor bo‘lgan.

Foto:  Euronews

2018-yilning mart oyida chiqarilgan avtomobil Jaguar tarixidagi birinchi elektr avtomobil sanaladi. Shuningdek, u Car of the Year sovrinini qo‘lga kiritgan britaniyalik avtomobil ishlab chiqaruvchisining birinchi modelidir.

Modelda umumiy quvvat 400 ot kuchiga ega ikkita dvigatel mavjud. Quvvat zahirasi 467 kilometrni tashkil qiladi.

Foto:  Euronews

Tanlovda Fransiyaning Alpine A110 sport mashinasi ikkinchi, Kia Ceyed xetchbeki uchinchi, Ford Focus esa to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Shuningdek, birinchi oltilikka Mercedes-Benz A-Class va Peugeot 508 kirgan.

Car of the Year yil avtomobillari tanlovi 1963-yildan beri o‘tkazildi. Hakamlar hay’ati tarkibiga 23 ta Yevropa mamlakatidan 60 nafar jurnalist kiradi.