9-mart, shanba kuni professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (1 ta g‘alaba, 1 nokaut) professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi.
Madrimov Nyu-Yorkdagi Verona shaharchasida joylashgan “Turning Stone Resort & Casino” arenasida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida WBA Intercontinental chempionlik kamarini himoya qiladi. Unga bu jangda venesuelalik Frenk Roxas (24 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat) raqiblik qiladi.
Mazkur jang AQShda DAZN internet platformasi orqali translyatsiya qilinsa, Britaniyada Sky Sports telekanali orqali namoyish etiladi.
Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov WBA Intercontinental kamari sohibi sanaladi. U 2018-yilning 24-noyabr kuni debyut jangidayoq meksikalik Vladimir Ernandesni (10 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat) oltinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi. Ayni vaqtda Isroil WBA reytingida 9-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)