5-mart, seshanba kuni “Ayaks” futbolchisi Dushan Tadich Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob o‘yinida “Real” darvozasini ishg‘ol qildi, shuningdek, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Serbiyalik futbolchi joriy mavsum Chempionlar Ligasida kechagi gol bilan hisoblaganda 6 ta gol urishga erishdi.
Tadich “Ayaks” tarixida mazkur musobaqada 6 ta gol urgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi.
Avvalroq bunday natijani Yari Litmanen qayd etgandi. U ikki bor — 1994/95 va 1995/96-yilgi mavsumlarda 6 tadan gol urishga erishgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)