Xitoyning Guandun provinsiyasida shifokorlar sakkiz yoshli qizchaning oshqozonidan bir yarim kilogramm soch tutamini olib tashladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Qizning onasi uning qorni shishayotganini sezgan va shifokor bilan maslahatlashishga qaror qilgan. Kasalxonada qizning oshqozoni yuvilgan. Ammo oziq-ovqat qoldig‘i chiqmagan. Faqatgina kompyuter tomografiyasi oziq-ovqat bo‘laklariga o‘ralib yotgan soch tutamini topishga muvaffaq bo‘lgan.
Doctors treating girl, 8, with stomach pain find 3lb hairball in her stomach https://t.co/6SCMWhwoGL pic.twitter.com/SpIynB7FZg
— Mirror Weird News (@MirrorWeirdNews) March 3, 2019
Operatsiya davomida jarrohlar qizning oshqozonidan bir yarim kilogramm soch tutamini olib tashlagan. Shundan so‘ng bemorning ahvoli yaxshilangan.
“Bolalarda sochni yeyish odati oddiy pikatsizm sindromi natijasida yuzaga keladi. Pikatsizm ovqatlanish tartibining buzilishidir. Uning natijasida odam yeyish kerak bo‘lmagan narsalarni yeydi”, — deydi shifokor.
Izoh (0)