2019-yil 3-mart kuni Italiyaning Ivrea shahrida an’anaviy “Apelsinlar jangi” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: @orange_battle

U “Ivrea karnavali”dagi asosiy tadbir. Xabarda aytilishicha, jang uchun Sitsiliyadan 500 tonnaga yaqin apelsin keltirilgan.

Afsonalarga ko‘ra, Violetta ismli qiz turmushga chiqqanida, birinchi nikoh kechasini u bilan o‘tkazishni xohlagan mahalliy hokimni o‘ldirgan. Apelsinlar gersogning kesilgan boshining, olovrang esa qizni soqchilardan qutqargan isyonchilarning ramzi hisoblanadi.

Instagram foydalanuvchilari bo‘lib o‘tgan tadbirdagi rasmlarni internetga joylagan. TJournal ularni taqdim etdi.

Foto: @gea_

Foto: @agura87

Foto: @salvobilotti

Foto: @salvobilotti