Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Amerikaning raketaga qarshi mudofaa tizimi Patriot’ni xarid qilish uchun muzokaralar boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
“Amerikaliklar Patriot tizimi bilan 2 yil oldin yuzaga kelgan muammolar haqida yozgan xatimizga ijobiy javob berdi va muzokaralar boshlandi”, — deydi Chavusho‘g‘li.Chavusho‘g‘lining bu bayonotiga 1-mart kuni Bloomberg nashri Turkiya AQShning taklifini qabul qilishdan bosh tortgani haqida yozgan xabari sabab bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, AQSh ma’muriyati Anqaraga 15-fevralgacha bo‘lgan vaqt mobaynida Patriot bo‘yicha taklif bergan. Keyin esa tizimni tezroq yetkazib berishni va’da qilib, ko‘p milliardlik shartnomani narxini yana oshirib yuborgan.
Bunga javoban Turkiya AQShning taklifini qabul qila olmasligini aytgan.
Natijada muzokara to‘xtatilgan edi.