Namangan viloyatiga safari chog‘ida Shavkat Mirziyoyev mahalliy gipermarketga kirib, oziq-ovqatlar narxini tekshirdi, shuningdek, do‘kondagi aholi bilan muloqot qildi, deb yozadi UzNews “O‘zbekiston 24” telekanali videoreportajiga tayanib.
Prezident ta’kidlashicha, aholining kayfiyati oziq-ovqat mahsulotlari narxiga bog‘liq. Shuningdek, davlat rahbari do‘konlarni mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to‘ldirishni tavsiya qilib, bu o‘z navbatida narxlarni pasaytirishga yordam berishini aytdi.
Ta’kidlanishicha, gipermarketga tashrif davlat rahbari dasturiga kiritilmagan edi.
https://youtu.be/SJ4vdjLLGnI