Ijtimoiy tarmoqlarda BMW mashinasining ko‘tarma kranda ariqdan chiqarib olinayotgani tasvirlangan fotolar tarqaldi.

Foto: Telegram

“Xabar.uz”ning yozishicha, yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahri ostonasida — Zangiota tumanining Quyoshli qo‘rg‘oni hududida sodir bo‘lgan.

Magistral yo‘lda ketayotgan yuk mashinasining tirkamasi uzilib ketib, yo‘l chetida turgan BMW‘ga borib urilgan va uni ariqqa tushirib yuborgan.

Foto: Telegram

Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.