Sankt-Peterburgda Nobel mukofoti laureati Jores Alferov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

U 2018-yilning noyabr oyida Moskvada insult tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Uning sog‘lig‘i Rossiya fanlar akademiyasi majlisi vaqtida yomonlashgan. 30-noyabr kuni unda gipertonik inqiroz bo‘lgani aniqlangan.

Jores Alferov fizika-matematika sohasidagi 500 dan ortiq ilmiy maqola va 50 dan ortiq kashfiyot muallifi. 2000-yilda yarim o‘tkazgichlar sohasida Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan.