Kelasi mavsumdan La Ligada uchrashuvlar shanba va yakshanba kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales ma’lum qildi.
“Endi dushanba kuni hech qanday futbol bo‘lmaydi. Kelasi mavsumdan o‘yinlar shanba va yakshanba kunlari o‘tkaziladi. Juma borasida ham bir qarorga kelamiz. Hamma uchun eng yaxshisini qilamiz deb umid qilaman. Pul muhim, ammo muxlislar undan ham muhim”,— deydi Rubiales.Avvalroq ispaniyalik futbol muxlislari dushanba kuni futbol bahslari o‘tkazilmasligini yoqlab, namoyishlar uyushtirgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)