Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Myunxen sudi Donbassdagi jangovor harakatlarga tayyorgarlik ko‘rgani uchun Sergey Kiselyovni (teleboshlovchi Dmitriy Kiselyovning jiyani) 2 yil-u 3 oy qamoq jazosiga hukm qilgan, deya xabar beradi “Vedomosti”.

Foto: Gazeta.ru

Foto: Gazeta.ru

Tergov harakatlariga asosan, Sergey Kisilyov 2014-yilning avgust oyida Sankt-Peterburg yaqinidagi lagerda jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan. U davlat xavfsizligiga tahdid soladigan og‘ir jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishda hamda qurol saqlash to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblangan.

U o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi kerak edi, biroq qisman aybini tan olgani uchun prokuror 2 yil-u 4 oy, advokat esa 2 yil jazo so‘ragan.

Sud raisi hukm chiqarar ekan Kiselyovning aybi to‘liq isbotlanmaganligini Kiselyovning jangovar tayyorgarlikda bevosita ishtirok etgani bo‘yicha dalillar yo‘qligini qayd etgan. Ayblanuvchidan qurol saqlash to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun javobgarlik olib tashlangan: sudya bu umumiy jazoga daxl qilmaydi, deb hisoblamoqda.

Sergey Kiselyovga qarshi ish Dmitriy Kiselyov bilan suhbatdan so‘ng, 2016-yilning bahorida qo‘zg‘atilgan. Kiselyov boshchiligidagi “Rossiya segodnya” multimedia matbuot–markazining ochilish marosimida, u 2016-yilning aprel oyidagi Minskdagi jangari harakatlarga izoh bergan.

“U yerda butun dunyodan ko‘ngillilar bor — G‘arbdan ham, Sharqdan ham. Misol uchun, mening jiyanim ham u yerda kurashgan, u Germaniyada yashaydi, uning pasporti Germaniyaniki. U yerga jangga borgan. U hatto menga fotosuratlarini ham ko‘rsatgan. Men bu haqida u qaytib kelganidan so‘ng bilib qoldim. U sentabrdan dekabrgacha kurashgan. U mening akamning o‘g‘li Seryoja Kiselyovdir”, — deydi teleboshlovchi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda