O‘zbekiston Prezidenti joriy yilning kuzida rasmiy tashrif bilan Misrga yo‘l oladi. Bu haqda Misr Arab Respublikasi savdo va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ahmed Taxa Boraya O‘zbekiston—Misr biznes forumi doirasida ma’lum qildi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti 2019-yilning oktabr oyi o‘rtalarida Misrga tashrif buyuradi. Taxmin qilinayotgan sana — 19-oktabr.
Eslatib o‘tamiz, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi 2018-yilning 4-sentabrida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.
Izoh (0)