Avstriyaning 26 ta kompaniyadan iborat biznes delegatsiyasi aprel oyida Toshkentga keladi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Bu haqda Avstriyaning Qozog‘istondagi elchixonasi savdo maslahatchisi Rudolf Taler ishtirokida Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirda ma’lum qilindi.
Delegatsiya tarkibiga, jumladan, VAMED, Bertsch-Laska, Andritz Hydro, Diehl Metering, Frauscher, SKIDATA, Waagner-Biro kompaniyalari kirgan. Ular iqtisodiyotning turli tarmoqlari — qishloq xo‘jaligi va paxtani qayta ishlashdan sog‘liqni saqlash, gidroenergetika va boshqalarning vakillaridir.
Avstriyalik biznesmenlarning tashrifi davomida O‘zbekiston kompaniyalari vakillari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarida rasmiy va ishchi uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
2018-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonga Avstriya eksportining hajmi 108 million dollar, 2017-yilda esa 50 million dollarga yaqin ko‘rsatkichni tashkil etgan edi.
Izoh (0)