AQSh harbiy havo kuchlari samolyoti “Ochiq osmon” bo‘yicha shartnoma doirasida Rossiya hududi ustidan navbatdagi kuzatuvni o‘tkazmoqda. Bu haqda PlaneRadar aviatsiya resurslarining Twitter’dagi sahifasida xabar berilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Boeing OC-135B kuzatuv samolyoti Komsomolsk-Amur ustidan Ulan-Ude yo‘nalishi tomon harakatlangan. Moskva vaqti bilan soat 08:20 da u Chita yaqinida bo‘lgan. PlaneRadar xabarida qayd etilganidek, Amerika tomoni o‘tgan gal razvedkani oxiriga yetkazmagan.
Mutaxassislarning fikricha, AQSh Chita hududida joylashtirilgan raketalar brigadasiga qiziqish bildirmoqda.
Avvalgi reys 22-fevral kuni amalga oshirilgan. Qayd etish lozimki, bu 2017-yilning noyabridan buyon birinchi razvedka sanaladi. Uzoq tanaffusga Moskva va Vashington o‘rtasidagi keskin munosabatlar sabab bo‘lgan.
“Ochiq osmon” shartnomasi 1992-yilning mart oyida Xelsinki shahrida imzolangan. Unda YeXHTga a’zo 23 davlat ishtirok etadi. Shartnoma ma’lumot yig‘ish uchun ushbu davlatlarning hududlari osmonida razvedka o‘tkazish imkonini beradi.
Izoh (0)